
Boks bo‘yicha 3 karra Jahon chempioni va Butunjahon boks superseriyasi g‘olibi faoliyatini yakunladi
Birinchi og‘ir vaznda (90,7 kg) uch karra jahon chempioni va Butunjahon boks superseriyasi (WBSS) g‘olibi latviyalik Mayris Briedis (28-3, 20 KO) professional faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
“Do‘stlar, muxlislar va yaqinlar !!! 25 yil oldin men boks qo‘lqoplarini kiyib, noma’lum sayohatga otlangandim. Bu sayohat meni professional sportchi sifatida dunyoga tanitdi, hayotimning eng katta qismiga aylandi. Men uchun qaror qabul qilish oson bo‘lmadi. Shu yillar davomida bosib o‘tgan yo‘limni, unutilmas lahzalar va g‘alabalar quvonchini hech qachon unutmayman. Men ushbu 25 yil uchun rahmat aytib, professional boksdagi faoliyatim yakunlanganini e’lon qilmoqchiman", - deb yozdi Briedis ijtimoiy tarmoqlarda.
Fikrlar