
Boks: Barcha Olimpiadalarda medallar jamg‘arish borasida qay mamlakat etakchi yoxud O‘zbekiston qaysi o‘rinda?
Ma’lumki, sport olamidagi eng katta turnir, shubhasiz Olimpiada hisoblanadi. Mazkur to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etishni boshlagandan buyon bir qator sportchilarimiz g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin olishga ulgurishdi. Eng ko‘p medallarni esa albatta bokschilarimiz qo‘lga kiritishgan.
Bugun, biz barcha Olimpiadalar tarixiga e’tibor qaratib, umumiy medallar jamg‘arish bo‘yicha 20 talikdan o‘rin olgan mamlakatlarni e’tiboringizga havola etamiz. Ushbu ketma-ketlikdan hozirda mavjud bo‘lmagan, Sobiq Ittifoq hamda GDR respublikalari ham o‘rin olgan.
Xabaringiz bor, bizning bokschilarmiz mustaqillikdan so‘ng, Olimpiadada ishtirok etishni boshlagan. Hozirda jami 14 ta medal bilan 18-o‘rinda bormoqdamiz. Osiyo mamlakatlari orasida esa, Qozog‘iston hamda Tailanddan so‘ng, uchinchi pog‘onani zabt etganmiz.
1.AQSh - 50 ta oltin, 24 ta kumush, 40 ta bronza, jami: 114ta
2.Kuba – 37 ta oltin, 19 ta kumush, 17 ta bronza, jami: 73 ta.
3.Buyuk Britaniya – 18 ta oltin, 13 ta kumush, 25 ta bronza, jami: 56 ta.
4.Italiya -15 ta oltin, 15 ta kumush, 17 ta bronza, jami: 47 ta.
5.Sobiq Ittifoq – 14 ta oltin, 19 ta kumush, 18 ta bronza, jami: 51 ta.
6.Rossiya – 10 ta oltin, 5 ta kumush, 15 ta bronza, jami: 30 ta.
7.Vengriya – 10 ta oltin, 2 ta kumush, 8 ta bronza, jami: 20 ta.
8.Polsha – 8 ta oltin, 9 ta kumush, 26 ta bronza, jami: 43 ta.
9.Argentina – 7 ta oltin, 7 ta kumush, 10 ta bronza, jami: 24 ta.
10.Qozog‘iston – 7 ta oltin, 7ta kumush, 8 ta bronza, jami: 22 ta.
11.Frantsiya – 6 ta oltin, 9 ta kumush, 10 ta bronza, jami: 25 ta.
12.JAR- 6 ta oltin, 4 ta kumush, 9 ta bronza, jami: 19 ta.
13.GDR – 5 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami: 13 ta.
14.Germaniya – 4 ta oltin, 9 ta kumush, 10 ta bronza, jami: 23 ta.
15.Bolgariya -4 ta oltin, 5 ta kumush, 9 ta bronza, jami: 18 ta.
16.Tailand- 4 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza, jami: 14 ta.
17.Ukraina - 4ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza, jami: 14 ta.
18.O‘zbekiston – 4 ta oltin, 2 ta kumush, 8 ta bronza, jami: 14 ta.
19.Janubiy Koreya – 3 ta oltin, 7 ta kumush, 10 ta bronza, jami: 20 ta.
20.Kanada – 3 ta oltin, 7 ta kumush, 7 ta bronza, jami: 17 ta.
Fikrlar