Bobur Omonov Jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi

BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, Yaponiyaning Kobe shahri para engil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Kunduzgi seansdan o‘rin olgan erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish dasturida startga chiqqan hamyurtimiz Bobur Omonov 14.11 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, hozircha ushbu Jahon chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 2 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medali mavjud.

Bundan avvalroq boshqa bir hamyurtimiz Nurxon Qurbonova ayollar o‘rtasida F54 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Nurxon Qurbonova 7.48 metr natija qayd etib, delegatsiyamiz hisobiga bronza medalni qo‘shib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!