
Bobur Davlatov: Besh kishidan iborat himoya chizig‘ini yorib o‘tishning o‘zi bo‘lmadi
"Mavsum boshida g‘alaba qozonish qiyinchlik tug‘diradi, mana-man degan tajribali futbolchi ham mavsum boshida hayajon bilan harakatlanadi. Bu asosan birinchi g‘alabagacha davom etadigan holat. Mana bugun gol urishga va jamoamizning g‘alabasiga o‘z hissamni qo‘shishga erishdim buning uchun jamoadoshlarimga va stadionga tashrif buyurgan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.
Raqib ham oddiy jamoa emas, “So‘g‘diyona” jamoasi ham ajoyib o‘yin tashkil qiladigan jamoa. Besh nafar himoyachini yorib o‘tishni o‘zi bo‘lgani yo‘q. Ikkinchi bo‘limda jamoadoshlarimiz bilan bir-birimizni tushunib harakat qilganimiz o‘z samarasini berdi", - deb Davlatovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.
Fikrlar