Bizga Ronaldu kerak emas!

  • 21 aprel, 2021, 11:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” hujumchichi Krishtianu Ronalduning kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Turinliklar Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin katta maosh olayotgan portugaliyalik yulduzni sotib yuborishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Tecno

Ronalduga xaridorlar orasida “Real”ning ham nomi zikr etildi. “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres bu masalaga aniqlik kiritdi.

- Ronaldu “Real”ga qaytmaydi. Bunda hech qanday mantiq yo‘q. Uning “yuventus” bilan shartnomasi bor, - dedi “Real” rahbari Florentino Peres.

36 yoshli Ronaldu joriy mavsumda “Yuventus” tarkibida barcha turnirlarda 32 ta gol urib, beshta golli pas oshirgan. O‘z vaqtida, Krishtianu “Real” bilan Chempionlar ligasida to‘rt bor g‘olib  chiqqan va to‘rt marta “Oltin to‘p”ga sazovor bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!