Bizga Levandovskining 40 ta gol etmayapti!

  • 15 may, 2023, 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning asosiy kamchiligini aytdi. Germaniyalik mutaxassis Myunxen klubi Robert Levandovski ketganidan keyin u kabi ko‘p gol ura oladigan to‘purarga muhtoj ekanini tan oldi.  

Tecno

- Hozir “Bavariya” avvalgidek ko‘p gol ura olmayapti. O‘sha paytlar jamoada Robert Levandovski bor edi. Bizga Robert va uning har mavsumda uradigan 40 ta goli etishmayapti.

Agar “Real” va “Manchester Siti” kabi jamoalarga qarasangiz, ularning hujum chizig‘ida ana shunday ko‘p gol ura oladigan futbolchilar bor, - dedi Tomas Tuxel.

Levandovski o‘tgan yoz “Barselona”ga o‘tib ketganidan keyin myunxenliklar markaziy hujumchi sifatida kamerunlik Erik Chupo-Motingdan foydalanyapti. 34 yoshli futbolchi Bundesligada 18 ta uchrashuvda qatnashib, o‘nta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!