
Bizga Angliya grandlari emas, “Real” ma’qul!
“Selta” yarim himoyachisi Gabri Veyga o‘z o‘yini bilan ko‘plab jamoalar e’tiborini qozondi. Ispaniyalik futbolchi mavsum yakunlanganidan keyin jamoasini tark etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, iste’dodli o‘yinchini Angliya grandlaridan bo‘layotgan chorlov qiziqtirmayapti. Veyga faoliyatini “Real”da davom ettirishni istamoqda.
Madridliklar ham avvalroq bu o‘yinchi kuzatuv ostida ekanini ma’lum qilgan edi.
“Real” yozda markaziy chiziqni kuchaytirish uchun “Borussiya”dan Jud Bellingem va Gabri Veygani transfer qilish borasida bosh qotiryapti.
Fikrlar