
Bizga 3 ochko keltirgan qahramonimiz e’tirof etildi
"JCh-2026" saralashi uchinchi bosqichining 6-turidan doirasidagi KXDR - O‘zbekiston bahsi yakuniga etdi.
Laosda bo‘lib o‘tgan mazkur bahsda hamyurtlarimiz minimal 0:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bellashuvdagi yagona golga Abbosbek Fayzullaev 44-daqiqada mualliflik qildi. 83-daqiqada Umar Eshmurodov qo‘l bilan o‘ynagani uchun qizil kartochka bilan jazolandi va darvozamiz tomon penalti belgilandi. Posbonimiz O‘tkir Yusupov esa mazkur 11 metrlik zarbada ajoyib seyv amalga oshirdi.
So‘nggi daqiqalarda Yusupov tomonidan qilingan qahramonlik e’tirof etilib, darvozabonimiz "SofaScore" talqiniga ko‘ra, "JCh-2026" saralashi Osiyo mintaqasi 3-bosqichining 6-tur ramziy jamoasidan joy oldi.
U KXDRga qarshi o‘yinda 7.7 ballga loyiq ko‘rilgandi.
Fikrlar