"Biz zonalarni berkitish bilan ovora bo‘ldik, Davron atayin qilgani yo‘q" - Kolosovskiy debyut o‘yinidagi durang haqida

  • 5 avgust, 2024, 00:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 14-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Biz uchun o‘yin erta qizil kartocha sababli og‘ir kechdi. Yigitlar, bor kuchi bilan harakat qildi. O‘yinimizni qayta qurishga majbur bo‘ldik. Menimcha, bizga keragidan ortiq ishtiyoq ham pand berdi. Qarshi hujumlar chog‘ida 3 ta imkoniyatimiz bo‘ldi va ulardan foydalanashimiz kerak edi. 

- Natijadan norozimisiz? 

- Albatta, hisobdan ko‘nglim to‘lmadi. Turnir jadvalida aytarli o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Bugun 6 ochkolik bahs edi. Menimcha, ikki tomonni ham bu qanoatlantirmadi. O‘yin sifatida borasida raqibda ham, bizda ham etarlicha muammolar borligi ko‘rindi. Yigitlar bugun bellashuvni munosib tarzda tugatib qo‘yish uchun jang qildi. 

- Qizil kartochka borasidagi fikringiz qanday? 

- Hali tomosha qilganim yo‘q. VAR bergan qaror asosida chetlatildi. Davron atayin qilgani yo‘q. Balki, sariq kartochka bilan kifoyalanish to‘g‘ri bo‘lgan bo‘lar edi. 

- Jamoaga kelgan yangilardan ko‘nglingiz to‘ldimi? 

- Istalgan murabbiy norozi bo‘lishi aniq. Yigitlarga o‘zini namoyishi etishi uchun vaqt kerak. Bugun, himoyada juda yaxshi harakat qildik. Qolgan pozitsiyalarda bunday deya olmayman. 

- Nima deb o‘ylaysiz, jamoani elitada olib qolishga ulgurasizmi? 

- Biz uchun har bir o‘yin finalga teng. Men yigitlarga buni uqtirmoqchi bo‘lyapman. Afsuski, bugun 6 ochkolik o‘yin edi. Endi, Jizzahda jang qilishimiz kerak. Nafaqat Jizzaxda, balki barcha o‘yinda sifat va natijani yaxshilash lozim. 1:1 bugun meni qanoatlantirmadi. 

- VAR sababli bugun o‘yinning ancha payt to‘xtab qolganini ko‘rdik. Nima deb o‘ylaysiz, VAR futbolni go‘zallikdan mahrum qilmayaptimi? 

- Shunday deyish mumkin, ammo u o‘yinda bo‘lishi kerak. Bugun 87 daqiqa davomida qarshi hujumda harakat qilishga majbur bo‘ldik. Agar tarkib teng bo‘lganida, jamoalar umuman boshqacha futbol ko‘rsatgan bo‘lar edi. Biz zonalarni berkitish bilan ovora bo‘ldik. Menimcha, VAR o‘yinning tezligini kamaytirmoqda. Buni o‘ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor. Masalan, bugun u yordamida penalti ishlagan bo‘lsak, sal avvalroq qizil kartochka ko‘rsatildi. Umid qilamanki, elitadagi o‘rinimizni saqlab qolamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!