Biz uchun muhim bo‘lgan uchrashuvda BAA KXDR ustidan zafar quchdi

  • 26 mart, 01:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati saralash guruh bosqichining 8-turidan o‘rin olgan bahs o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Mazkur turda BAA KXDR bilan kuch sinashib, 1:2 hisobida muvaffaqiyatga erishgan holda, JChga chiqish imkoniyatlarini saqlab qoldi. 
 
Uchrashuvning 5-daqiqasida Lima hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqada Yu-Song Kim hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning 90+8-daqiqasida Sulton gol kiritib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. 
 
Bu orqali Birlashgan Arab Amirliklar JChga chiqish uchun imkoniyatlarini saqlab qoldi. Agarda bugun KXDR zafar quchganda, biz mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lar edik. 
 
Ma’lumot o‘rnida, BAA navbatdagi uchrashuvini 5 iyun kuni Milliy terma jamoamizga qarshi maydonga tushadi.

  • World - JCH Saralash Osiyo bosqichi
  • 2nd Round

Shimoliy Koreya

  • Kim Yu Song 43'
Tugadi
1 : 2

25.03.2025 23:15

Tecno

Birlashgan Arab Amirliklari

  • Fábio Lima 5'
  • Sultan Adil 90'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!