"Biz uchun asosan pley-off o‘yini muhim, "Qo‘qon-1912"ning 80 foiz futbolchilarini bilaman" - Jamshid Saidov

  • 28 noyabr, 2023, 00:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Navoiyning “Qizilqum” klubi chempionat tugashiga bir tur qolganida 12-o‘rinni egallagani aniq bo‘lib ulgurdi va endi 5 dekabr kuni pley-off uchrashuvida “Qo‘qon-1912”ga qarshi maydonga tushadi.

Chempionatning so‘nggi turida esa Superligani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan “Turon”ni qabul qiladi. Bo‘lajak uchrashuvlar oldidan Sports.uz jurnalisti “Qizilqum” bosh murabbiyi Jamshid Saidov bilan suhbatlashdi.

- “Qizilqum”ni oldinda Farg‘onaning ikkita jamoasiga qarshi o‘yinlar kutyapti. Avvaliga chempionat doirasida Navoiyda “Turon”ni qabul qilasizlar. Keyin safarda “Qo‘qon-1912”ga qarshi pley-off o‘yinida maydonga tushasizlar...

- Biz uchun asosan pley-off o‘yini juda muhim hisoblanadi. “Qo‘qon-1912”ga qarshi bor kuchimizni beramiz va maksimal darajada harakat qilamiz. Futbolchilarimiz vaziyatni tushunib turishibdi. Xalq ham talab qilyapti. Rahbarlar ham qo‘llab-quvvatlayapti. 5 dekabr kuni bo‘ladigan bahs juda muhim.

- Ungacha Superliganing oxirgi turida “Turon” bilan o‘ynaysizlar. Asosiy e’tibor pley-offga qaratilayotgani bois balki chempionatning oxirgi turidagi uchrashuvga e’tibor kuchli emasdir?

- Bilasiz, ikkinchi davradagi har bir uchrashuvga maksimal darajada e’tibor qaratib kelyapmiz. “Nastroy” yuqori darajada bo‘lyapti. O‘ylaymanki, “Turon” bilan ham shunaqa “nastroy”. Yigitlar maydonga chiqib oxirigacha o‘ynashadi. Futbolchilarimiz har bir o‘yinga bor kuchini berishyapti.

saidov10

- O‘zingiz aytganingizdek, eng muhim uchrashuv – bu baribir “Qo‘qon-1912” bilan bellashuv. Shuni hisobga olganda, “Turon”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkib a’zolariga dam bermoqchimisiz?

- Buni vaqt ko‘rsatadi. Oldimizda bir necha kun bor. Hammasini o‘ylab chiqamiz. Bizga qaysi biri qulayroq bo‘lsa shuni amalga oshiramiz. Oldindan esa nima bo‘lishini ayta olmayman.

- Bosh murabbiy sifatida xayolingizda birinchi navbatda kim turibdi: “Turon”mi yoki “Qo‘qon-1912”mi?

- Qiziq savol berasiz-da (kuladi), bilasiz-ku, albatta biz uchun birinchi navbatda “Qo‘qon-1912”. “Turon” bilan uchrashuv bizga hech nima bermaydi. Maksimal darajada bor kuchimiz pley-off uchrashuviga qaratganmiz.

saidov11

- “Qo‘qon-1912” haqida nima deysiz? Masalan, pro ligada 3-o‘rinni oldi, ikkinchi pley-offda “Mash’al”ni penaltilar seriyasida yutdi...

- Har qanday jamoani hurmat qilish kerak. Ularni deyarli 80 foiz o‘yinchilarini bilaman. “Mash’al”, “Buxoro”, “Andijon”, “Lokomotiv”da o‘ynashgan. Qaerda ishlagan bo‘lsam, o‘sha joyda hozirda qo‘qonliklar tarkibida to‘p surayotgan futbolchilar faoliyat olib borishgan. Birga ishlaganimiz uchun ularni yaxshi bilaman. Tajribali yigitlar. 5 dekabr kuni ko‘ramiz. Kim kuchli bo‘lsa o‘sha jamoa yutadi.

- O‘yinni Qo‘qonda o‘tishiga munosabatingiz qanday?

- Albatta, qiyinroq. Pley-off uchrashuvi neytral maydonda bo‘ladi, degan gap ham chiqqandi. Reglament bo‘yicha o‘yin pro liga jamoasi maydonida o‘tkaziladi. Lekin, o‘ylaymanki, bunday bahslarni imkoni qadar yaxshiroq maydonlarda o‘tkazish kerak. “Qo‘qon-1912”ning maydonini sifati u qadar yaxshi emas deyishadi. PFLning qarori va buni hurmat qilamiz.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
30/11/2023 07:06
Баҳона бизда доим тайёр. Олдин келиб кўр шу майдонда олий лига жамоалари ўйнаган.