
"Biz sport tarafdorimiz" shiori ostidagi fleshmobni tomosha qiling
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha 4 sentyabr kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida soha taraqqiyoti bo‘yicha qator ustuvor vazifalar belgilab bergan edilar. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15 oktyabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida sambo sportini rivojlantirish yo‘lida “Biz sport tarafdorimiz” shiori ostida katta fleshmob o‘tkazildi.
Yuzlab sport fidoiylarini o‘zida jamlagan ushbu tadbirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashining a’zolari, O‘zbekiston sambo federatsiyasi mutasaddilari ham ishtirok etib, samboning yurtimizda jadal suratlarda rivojlanayotgani, o‘z navbatida, vakillarimizning xalqaro musobaqalarda qayd etayotgan yuqori natijalari xususida to‘xtalib o‘tishdi. Kuni kecha poytaxtimizda yakunlangan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yuqori saviyada tashkil etilgani, terma jamoamiz esa umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani yuqoridagi fikrlarning yaqqol isboti bo‘lib turibdi.
Fleshmobda kattalar terma jamoasi, shuningdek, Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionati qahramonlari ham ishtirok etishdi. Ayniqsa, maydonda o‘z mahoratlarini namoyish qilib turgan yosh sambochilarning ajoyib harakatlari hech bir insonni bee’tibor qoldirmadi.
O‘zbekiston sambo federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar