Bitta o‘yinda ikkita jarohat! "Manchester Yunayted" uchun yana bir bosh og‘riq

  • 14 aprel, 2023, 14:23
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" Evropa ligasining chorak finalida "Sevilya"ni o‘z maydonida qabul qilib, 2:2 hisobida durangga imzo chekdi. Qiziqarlisi, uchrashuvdagi barcha gollar manchesterliklar tomonidan kiritildi. Zabitser dubl qilgan bo‘lsa, Malatsiya va Manguayr o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. 

Tecno

Mazkur o‘yinda MYu muxlislari uchun yana bir og‘riqli voqealar sodir bo‘ldi. Dastlab Maguayr ikkinchi taym boshida Varanning o‘rniga o‘yinga tushirildi. Ma’lum bo‘lishicha, frantsiyalik himoyachi jarohat olgan. Bundan tashqari, Martines ham safdan chiqdi. Ikki futbolchi qachon maydonga qaytishi noma’lum. 

photo_2023-04-14_02-44-20

"Manchester Yunayted" bosh murabbiy Ten Xag ikki jarohat haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Bu juda yomon. Biz kutishimiz kerak. Men hozir hech narsa deya olmayman. Varan bilan gaplashdim. U so‘nggi haftalarda og‘riq borligini aytgandi", - dedi niderlandiyalik mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!