Bir necha daqiqalardan so‘ng, ringga ko‘tariladigan Muhammadsalim Sotvoldievning jangini tomosha qiling

  • 14 mart, 2020, 21:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Rossiyaning Anapa shahrida professional boks bo‘yicha Gladiator 6 turniri bo‘lib o‘tadi. Unda hamyurtimiz Muhammadsalim Sotvoldiev ham ringga ko‘tariladi.

Tecno

Yana bir necha daqiqalardan so‘ng, taxminan 22:00 da boshlanadigan ushbu boks kechasida yurtdoshimizga mezbonlar vakili Radik Grigoryan raqiblik qiladi. Jang 63.5 kg vazn toifasida bo‘lib, 8 raunddan iborat bo‘ladi. Mazkur qarama-qarshilik ular o‘rtasidagi revansh jangi bo‘lib, dastlabkisida ochkolar hisobiga rossiyalik bokschi g‘alabani qo‘lga kiritgandi.

Ushbu hamyurtimiz ishtirokidagi jangni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!