
Bir kishi kam bo‘lib qolgan "Persopolis"ni "An-Nasr" qiyinchiliksiz mag‘lub qildi
OChL 1-turidan o‘rin olgan "Persopolis" - "An-Nasr" urashuvi mehmonlarning 0:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yinning 62-daqiqasida G‘arib hisobni ochgan bo‘lsa, 72-daqiqada Al Nakli oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Uchrashuvning 52-daqiqasida Sarlak ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlashtirilgandi.
Shu tariqa, "An-Nasr" o‘z guruhida 1-o‘ringa chiqib oldi. "Persopolis" esa 4-pog‘onaga joylashdi.
Fikrlar