Bir-biriga o‘xshamagan bo‘limlar yoxud "Andijon" o‘rtoqlik o‘yinida kambek namoyish qildi

  • 23 iyul, 01:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikistondagi yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini mobaynida “Andijon” o‘zining ikkinchi nazorat uchrashuvini mahalliy “Istaravshan” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Tecno

Xabaringiz bor, "Burgutlar" u erdagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini “Esxata”ga qarshi o‘tkazib 4:2 hisobida g‘alaba qozongan. Bu safargi bellashuv ham g‘oyat qiziqarli va hujumkor tarzda kechdi.

“Andijon”ning sobiq futbolchisi va muxlislar mehrini qozongan Tohir Mo‘minov Shuhrat Shamsievdan so‘ng “Istaravshan” bosh murabbiyiligini qabul qilib olgan. Uning jamoasiga qarshi bahs esa maydon egalari uchun omadli boshlandi.

“Istaravshan arena”dagi uchrashuvga mahalliy muxlislar tomonidan ham qiziqish yuqori bo‘ldi. Shunga yarasha birinchi bo‘limda mezbonlar darvozamiz tomon yo‘llagan zarbalaridan ikkitasi golga aylandi. Albatta, “Burgutlar vaziyatni o‘zgartirish uchun harakat qilishdi. Hujumlarning birida Usmonali Ismonalievning goli ofsayd deb bekor qilindi.

O‘tgan safargidek bu gal ham bosh murabbiy Maksim Shatskix ikkala taymda ikki xil tarkibni maydonga tushirdi. 2:0 esa bu hali yakuniy mag‘lubiyat degani emasdi. Boisi, oldinda to‘liq ikkinchi taym turgandi.  

Shatskix tanaffusdan keyin oldindan rejalashtirilganidek, boshqa tarkibni maydonga tushirdi. Natijada “Andijon” tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va raqib darvozasi oldida jiddiy hujumlari soni ko‘paya boshladi. Avvaliga Bektemir Abdumannonovning uzatmasini Islom Mamatkazin golga aylantirgan bo‘lsa, hujumchi Otabek Jo‘raqo‘ziev keyingi ikkita golga mualliflik qildi. Natijada jamoaning yangi futbolchisi ilk dublini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

“Andijon” 2:0 hisobidagi mag‘lubiyatni ajoyib kambek evaziga 2:3 ga aylantira oldi. Bu o‘rtoqlik uchrashuvida bo‘lsa ham albatta yoqimli. Chunki jamoa har qanday holatda ham xarakter, iroda va ishtiyoq ko‘rsata olishini yana bir karra namoyish qila oldi.

“Istaravshan” – “Andijon” – 2:3 (2:0).

22 iyul. Istaravshan.

“Istavrashan”: Maxmud Xuseyn, Abdujalil Manazarov, Xuseyn Nurmatov, Farhod Amiri, Faridun Dehqonov, Shaxriyor Mahmudov, Saidsho Bozorov, Bobur Qosimov,  Jahongir Safarov, Parviz Dehqonov, To‘lqin Ergashev.

“Andijon”: Mohir Komilov, Bekzod Sulaymonov, Asadbek Habibullaev, Abubakir Ashurov, Abdurahmon Komilov, Ilhom Abdug‘aniev, Altin Kreziu, Damir Temirov, Abdurahmon Abdullaev, Muhammadali Usmonov, Usmonali Ismonaliev.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Artyom Odintsov, Islom Mamatkazin, Kristian Novak, Muhammadkarim Toirov, Sardor Azimov, Sunnatillo Hamidjonov, Saidumarxon Saidnurullaev, Shoxjahon Yorqinboev, Farhod Sohibjonov, Bektemir Abdumannonov, Otabek Jo‘raqo‘ziev.

Gollar: To‘lqin Ergashev, Abdujalil Manazarov – Islom Mamatkazin, Otabek Jo‘raqo‘ziev (dubl).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!