
Bilol Muhammad: "Chimaev gapirishdan nariga o‘ta olmaydi"
Yarim o‘rta vaznda 3-reyting pog‘onasi jangchisi Bilol Muhammad o‘z vaznidagi raqobatdoshi Hamzat Chimaev haqida fikrlarini bayon qildi:
"Hozirgi, ijtimoiy tarmoqlar davri meni jahlimni chiqaradi. Masalan, Hamzat - hozirgi davrdagi Konor MakGregor tipidagi jangchidir. Muxlislarning e’tiborini xohlaydi va shu sababdan tarmoqda har hil chaqiruvlarni tashlaydi. Ammo, ularning hech qaysisi pichoqqa iladigan emas!"
"Uning Kamaru Usman bilan jangi haqida gaplar urchiy boshlashi bilan men hayratlanmadim. Chimaev bir oz bu bo‘yicha gapiradi, ammo, jang baribir bo‘lmaydi. O‘zi u duch kelgan jangchining tomorqasiga tosh otishga harakat qiladi, lekin, baribir bu yangiliklar uchun mavzudan boshqa narsa emas. Mabodo, jang yarim o‘rta vaznda bo‘lsa, bu ajoyib jang bo‘ladi. Biroq, ertaklarga ishonmaydigan odamlar Hamzat yarim o‘rta vazn talabini bajara olishiga ishonmasliklari aniq!"
Fikrlar