
Bilasizmi? Rossiya terma jamoasi bugun o‘z tarixidagi eng yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor shu kunlarda ko‘hna qit’ada Evro-2020 saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, bugun Rossiya o‘z maydonida San-Marino terma jamoasini qabul qildi va 9:0 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, bu Rossiya terma jamoasi tarixidagi eng yirik g‘alaba bo‘ldi. Bungacha ularning eng yaxshi natijasi 7ta to‘p farqi edi. Qizig‘i, bu ham aynan San-Marino ustidan qo‘lga kiritilgan.
Bugungi uchrashuvda Artyom Dzyuba poker, Fyodor Smolov esa dubl qayd etdi. Anton Miranchuk va Fyodor Kudryashovlar bittadan gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Yana bitta gol esa avtogol bo‘ldi.
Endi, Rossiya o‘zining navbatdagi bahsini 11 iyun kuni Kiprga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar