
Bilasizmi? Ispaniya birinchi marta Osiyo jamoasiga mag‘lub bo‘ldi
Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor OFK (Osiyo Futbol Konfederatsiyasi) jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, “qizil furiya” JCh-2022 guruh bosqichining so‘nggi turida kutilmaganda Yaponiya terma jamoasiga yutqazib (1:2) qo‘ydi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yichagina Germaniya terma jamoasini ortda qoldirib, “E” kvartetida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Aytish kerakki, bungacha ispanlar Osiyo termalari bilan 15 ta o‘yin o‘tkazishgan va shularning 13tasida g‘alaba qozonib, ikkitasi durang qayd etgan (JCh-2002 da Janubiy Koreya bilan asosiy vaqtda durang qayd etilgan (0:0), ammo keyin penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan).
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi Germaniya terma jamoasini bir xil ochkolar bilan ortda qoldirdi. Har ikki jamoa hisobida to‘rttadan ochko bor. Biroq urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar o‘rtasidagi farq Ispaniyada yaxshiroq. Luis Enrike shogirdlari endi 1/8 final bosqichida “F” guruhida g‘olib chiqqan Marokash terma jamoasi bilan o‘ynaydi.
Fikrlar