Beyl: "Mbappedan hamma yuqori natija kutadi"

  • 12 iyul, 16:44
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Garet Beyl Kilian Mbappening o‘tgan mavsumdagi harakatlari haqida o‘z fikrini bildirdi.

- Kilian hamon gol urmoqda va yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda, lekin "Real" bu mavsumda hech qanday sovringa erishmadi. "Real"da esa sendan doimo g‘alabalar kutishadi - shuning uchun bu oson emas. U maydonda bor kuchini sarflamoqda, biroq unga kerakli darajada imkoniyatlar yaratilmayotgan bo‘lishi mumkin.

Tecno

Xabi Alonso to‘g‘ri muvozanatni topishi kerak: pressing qilish, maksimal darajada raqiblarni holdan toydirish, lekin shu bilan birga Kilianning kuchini hal qiluvchi daqiqalar uchun saqlash. Bu oson vazifa emas. Men uni tanqid qilishni va mavsumni muvaffaqiyatsiz deb baholashni istamasdim.

Ammo, shubhasiz, uning nomi va kutilayotgan yuqori natijalar tufayli hamma doim undan ko‘proq narsa kutadi, - dedi "Real"ning sobiq yarim himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!