
"Betis"ga "Real" futbolchisi kerak
Sevilyaning "Betis" klubi "Real" xavbeki Braim Diasni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 20 yoshli futbolchini shaxsan jamoaning yangi ustozi Manuel Pellegrini tarkibda ko‘rmoqchi. Chililik mutaxassis Dias bilan "Manchester Siti"da birga faoliyat olib borganini ta’kidlash lozim.
Dias joriy mavsum "Real" safida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “qirollik klubi” bilan 2025 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar