
"Beshiktosh" va "Fenerbaxche" klublarining sobiq futbolchisi qotillikda gumon qilinmoqda
Turkiyalik sobiq futbolchi Sezer O‘zturk qamalishi mumkin. Bu haqda Daily Sabah xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, "Fenerbaxche" va "Beshiktosh" klublarining sobiq yarim himoyachisi qotillikda gumonlanib qidirilmoqda.
Politsiyaning fikricha, sobiq sportchi yo‘ldagi mojaro tufayli otishma qo‘zg‘atgan. Hodisa natijasida bir kishi halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi jarohatlangan.
Ma’lumot uchun, O‘zturk 2015 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Fikrlar