Besh daqiqa o‘ynagan legionerimiz golli pas uzatdi

  • 11 noyabr, 2020, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Milliy futbol ligasining 21-turida o‘zbekistonlik legionerlar – Vagiz Galiulin va Bobir Davlatov to‘p surayotgan “Nefteximik” jamoasi safar uchrashuvida “SKA-Xabarovsk” mehmoni bo‘ldi.

Tecno

“Nefteximik” bosh murabbiyi Yuriy Utkulbaev har ikki futbolchimizni zaxirada olib qoldi. Vagiz tanaffusdan so‘ng o‘yinga qo‘shilgan bo‘lsa, Bobir Davlatov bahs oxirida maydonga chiqdi.

Bobir Davlatov jami besh daqiqa o‘ynagan bo‘lsa-da, o‘z hisobiga bitta golli pas yozdirib qo‘ydi. Hamyurtimizning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pini Maksim Artyomchuk raqib darvozasiga aniq joyladi.

Shunga qaramay, “Nefteximik” safardan mag‘lubiyat bilan qaytadigan bo‘ldi. “Ska-Xabarovsk” uchrashuvda 3:2 hisobida zafar quchdi.

Yana bir legionerimiz – Vitaliy Denisov o‘ynayotgan “Tom” jamoasi uchun “Enisey” maydonidagi o‘yin muvaffaqiyatli yakunlandi.

Tajribali himoyachimiz 90 daqiqa faol to‘p tepgan bahsda tomskliklar kichik hisobda g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoga ega bo‘ldi.

Milliy futbol ligasining navbatdagi turida  “Tom” o‘z maydonida “Chertanovo” jamoasini qabul qiladi. “Nefteximik” esa,  liga etakchilaridan bo‘lgan “Orenburg”ni mehmon qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!