
Berdiev "Paxtakor"ga qarshi o‘yingacha qaytadi
O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv — “Nasaf” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlanganidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev hakamlar sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan va maydondan chetlatilgan. Shunda so‘ng murabbiy hakamni turtib yuborgan, bu esa “Nasaf” klubining boshqa a’zolari tomonidan tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdievga (“Nasaf”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilish va jarima, shuningdek, “Nasaf” klubiga nisbatan ham jarima intizom chorasi qo‘llanildi.
Qayd etish lozim, Berdiev 20-turdan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" o‘yinigacha o‘z vazifasiga qaytadi.
Fikrlar