Benzemaning bu rekordi oldida Ronaldu ham, Messi ham "damini oladi"
Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Chempionlar ligasida o‘ziga xos natijaga erishdi, deb xabar bermoqda UEFA rasmiy sayti.
Gap shundaki, frantsiyalik futbolchi Chempionlar ligasi tarixida 18 kalendar yilida gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
34 yoshli forvard ilk bor 2005 yilda "Lion" tarkibida asosiy evrokubokda gol urgan edi. U kecha PSJga (3:1) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Benzema Chempionlar ligasi tarixidagi xet-trik qayd etgan eng yoshi katta futbolchiga ham aylandi.



Fikrlar