Benzemaning "Barsa" darvozasiga urgan goli tarixga kirdi

  • 16 yanvar, 2023, 08:09
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya Superkubogi final uchrashuvida "Barselona" azaliy raqibi "Real"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Tecno

"Ko‘k-anorranglilar" tarkibida Gavi, Levandovski hamda Pedri tomonidan kiritilgan to‘plarga madridliklar Karim Benzemaning birgina aniq zarbasi bilan javob qaytardi.

Bu gol frantsiyalik hujumchi uchun klublardagi faoliyati mobaynida urgan 400-goli sifatida tarixga kirdi. U "qaymoqranglilar" libosida 334 marta, karerasini boshlagan "Lion" jamoasi tarkibida 66 bor raqiblari darvozasiga yo‘l topishning uddasidan chiqqan.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli Benzema joriy mavsum "qirollik klubi" safida 16 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 gol va 1 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!