
Benzema uchun A Seriyada kutilmagan da’vogar paydo bo‘ldi
"Milan" "Real" hujumchisi Karim Benzemani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Calciomercato" yozmoqda.
"Rossonerilar" frantsiyalik hujumchi uchun yarim himoyachi Ismael Bennaserni berishga tayyor.
"Transfermarkt" portali Bennaserni 50 million evroga baholamoqda. Benzema esa 20 million evro etib belgilangan.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, milanliklar "Real"dan Braim Dias transferini ham sotib olmoqchi. Hozirda Braim ijara asosida Pioli qo‘l ostida harakat qilmoqda.
Fikrlar