Benzema "Real"dagi kelajagi borasida qaror qabul qildi

  • 16 yanvar, 2023, 19:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Karim Benzema klub bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘ldi, deya xabar beradi "Foot Mercato" nashri.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, 35 yoshli frantsiyalik futbolchi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha jamoa bilan yangi shartnoma imzolaydi. Tomonlar barcha shartlarni muhokama qilib bo‘lishgan, "qirollik klubi" yaqin vaqt ichida kelishuvni rasman e’lon qiladi.

Benzema 2009 yilning iyulidan beri "Real" Madridda o‘ynab kelmoqda. "Qaymoqranglilar" bilan birga 5 marta chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, 4 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi, Ispaniya chempioni, shuningdek, mamlakat superkubogi va UEFA superkubogi va 2 marta Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan.

2022 yilda hujumchi yil yakunida eng yaxshi futbolchiga beriladigan "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!