
Benzema qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum
“Real” hujumchisi Karim Benzemaning jarohati jiddiy emas edi.
Hujumchi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Seltik"ga (3:0) qarshi o‘yinning 30-daqiqasida almashtirildi.
“AS” nashri xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi tizza jarohat olgan va 7-10 kunga safdan chiqqan.
Katta ehtimol bilan Benzema 18 sentyabr kuni "Atletiko"ga qarshi o‘yinda tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha “Real” Shotlandiyaga safar uyushtirib, mahalliy “Seltik” klubini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Gollarga Vinisius, Modrich va Azar mualliflik qildi.
Fikrlar