
Benzema Mbappeni er bilan bitta qildi
Karim Benzema Kilian Mbappening PSJda qolgani borasida fikr bildirdi.
Frantsiyalik hujumchi "Real"ga o‘tishi kutilayotgandi, ammo so‘nggi pallada u PSJda qolishni tanladi va amaldagi klubi bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
"Shanba kuni bizni Chempionlar ligasi final o‘yini kutib turibdi. Shu sababli, bu kabi mayda-chuydalar haqida gapirishning vaqti emas. Men jim turishni afzal ko‘raman, ammo jahlim chiqayotgani yo‘q.
Aytishim mumkinki, bor e’tiborimni hammasidan muhimroq bo‘lgan Chempionlar ligasi finaliga qaratganman", - dedi Benzema.
Fikrlar