Benzema Masharipov va Ronaldu jamoasiga o‘tishdan bosh tortdi

  • 17 yanvar, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jaloliddin Masharipov o‘ynayotgan “An-Nasr” klubi Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olganidan keyin Evropaning yana bir necha mashhur futbolchilariga taklif bilan chiqdi.

Tecno

Foot Mercato nashrining xabar berishicha, saudiyaliklar “Real” hujumchisi Karim Benzemani ham o‘z safiga chorlagan. Biroq, frantsiyalik hujumchi faoliyati yana bir karra Ronaldu bilan birga o‘ynash imkoniyatini qabul qilmadi.

35 yoshli to‘purar faoliyatini Madrtdda davom ettirishni rejalashtirgan. U ayni paytda amaldagi shartnomasini 2024 yilning yozigacha uzaytirishga harakat qilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “An-Nasr” mutasaddilari PSJdan Serxio Ramos, “Real”dan Luka Modrich va “Barselona”dan Serxio Busketsga aloqaga chiqib, ularni Ronaldu ortidan klubga kelishga chaqirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!