Benzema Instagramiga Neymar bilan tushgan suratini joylashtirdi (FOTO)
PSJdan ketishi haqida ko‘plab xabarlar tarqalgan hujumchi Neymarning yangi jamoasi qaysi bo‘lishi haqida futbol olamida turli mish-mishlar yuripti. Ular orasida asosan “Real” va “Barselona” klublari ko‘p tilga olinmoqda.
“Real” Madrid hujumchisi Karim Benzema o‘zining Instagramdagi sahifasiga Neymar bilan birga tushgan suratini joylashtirdi. Ba’zilar ushbu surat braziliyalik futbolchining “qirollik klubi”ga o‘tishiga yana bir sha’ma deb aytishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli Neymar PSJ safiga 2017 yil 222 mln evro evaziga “Barselona”dan ko‘chib o‘tgan edi.



Fikrlar