Benzema, o‘rningni shu hujumchiga bo‘shatasan!

  • 26 sentabr, 2022, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoaning asosiy hujumchisi Karim Benzema o‘rnini bosishga qodir hujumchi qidirmoqda.

Tecno

Frantsiyalik hujumchi keyingi yillarda gol urish borasida yoshlardan yaxshi ko‘rsatkich qayd etib kelyapti. Lekin uning yoshi o‘tib qolgani va shartnomasi yakunlanayotgi madridliklarda yangi to‘purarga ehtiyoj tug‘dirmoqda.

El Desmarque nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” mutasaddilari jamoaga “Borussiya” hujumchisi Yussuf Mukokoni olib kelmoqchi. 17 yoshli iste’dod egasining dortmundliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi va yanvarda u bilan muzokara boshlash mumkin.

Yussuf Mukokoni qo‘lga kiritish uchun “Real” PSJ, “Bavariya” va “Manchester Yunayted” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!