“Benfika” prezidenti: “Ramosh sotilmaydi”
Portugaliyaning nimchorak final doirasidagi Shveytsariyaga qarshi o‘yinida maydonga tushib, xet-trikka erishgan Gonsalo Ramosh bir qancha top klublar e’tiboriga tushdi. Malum bo‘lishicha, yozda uni PSJ va “Nyukasl” jamoalari sotib olmoqchi bo‘lgan. Lekin “Benfika” futbolchini qo‘yib yubormagan.
Ayni damda 21 yoshli hujumchiga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. Klubning ushbu transferni qishda amalga oshirish niyati bor. Ammo Portugaliya klubining prezidenti Gonsaloni qishda sotmasligini aytdi.
“Bizning maqsadimiz chempion bo‘lish. Hech kim jamoani tark etmaydi. Bizda hech qanday moliyaviy muammolar yo‘q”, - dedi Rui Koshta.



Fikrlar