
Ben Arfa faoliyatini "Barselona"da yakunlamoqchi
Frantsiyaning "Renn" klubi yarim himoyachisi Xotam Ben Arfa faoliyatini qaysi jamoada yakunlash istagida ekanligini aytdi.
“Men faoliyatimni “Barselona” futbolchisi sifatida yakunlashni xohlardim. Bu jamoada o‘ynab, futboldan rohat olasiz”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Ben Arfa joriy mavsum “Renn” safida Frantsiya chempionatida jami 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar