Belous: “O‘zbeklar Angliya va Italiyada o‘ynayapti, Qozog‘istonda bunaqasi ko‘rinmaydi!”

  • 28 yanvar, 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Qozog‘iston futbol federatsiya rossiyalik mutaxassis Statislav Cherchesovni milliy terma jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqargan edi.

Tecno

Cherchesovning Qozog‘iston terma jamoasidagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqmadi. Tajribali mutaxassis 2024 yilning 3 iyun kuni ushbu terma jamoada o‘z hamyurti Magomed Adiev o‘rnini egallagan edi.

Qozog‘iston terma jamoasi Stanislav Cherchesov qo‘l ostida Millatlar ligasi doirasida oltita uchrashuvda atigi bir ochko to‘pladi. Bu bellashuvlarda birorta gol urolmagan holda o‘z darvozasidan 15 ta to‘p olib chiqdi.

Bu natijalar mutasaddilarni ham, muxlislarni ham qoniqtirmadi. Oqibatda Cherchesov lavozimidan ozod etildi.

Ayni paytda Rossiya futbolidagi manbalar va ekspertlar Stanislav Cherchesovning iste’fosiga munosabat bildirmoqda. Xususan, taniqli mutaxassislardan Yuriy Belous bu masalaga munosabat bildirib, O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolchilarini solishtirib o‘tdi.

- Agar Cherchesov Germaniya terma jamoasini boshqari, besh-oltita uchrashuvda yutqazganida, buning reputatsiyasiga putur etkazar edi.

Qozog‘iston esa, Magomed Adiev boshchiligida Evropa chempionatiga chiqishga da’vogarlik qilgan bo‘lsa-da, hali hech narsaga erishgani yo‘q.

Qozog‘iston qanday ekanini tushunib etish kerak. Masalan, O‘zbekistonni olsak, bu mamlakat futbolchilari Italiya, Angliya va Rossiyada o‘ynayapti. Qozog‘istonda bu darajadagi futbolchilarni ko‘rmaymiz, - dedi Yuriy Belous.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchilaridan Eldor Shomurodov 2020 yilning kuzidan beri Italiya A Seriyasida ishtirok etib kelmoqda. Mamlakatimiz bosh jamoasining eng zo‘r to‘purari hisoblangan 29 yoshli hujumchi “Jenoa”, Spetsiya”, “Kalyari” va “Roma”da jami 136 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 10 ta gol urgan va jamoadoshlariga 14 ta golli pas uzatgan.

Yana bir hujumkor futbolchimiz Abbosbek Fayzullaev esa, 2023 yilning yozidan beri Rossiya Premer-ligasida TsSKA sharafini himoya qilmoqda. 21 yoshli legionerimiz “armiyachilar” safida shu paytga qadar 55 marotaba maydonga tushib, sakkizta gol va 20 ta assist muallifi bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 20 yoshli markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov esa, Frantsiyaning “Lans” klubidagi muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tdi. Iste’dodli futbolchimiz Angliya Premer-ligasidagi debyutini ham nishonladi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston milliy terma jamoalarining o‘zaro uchrashuvlardagi statistikasiga e’tibor qaratsak, ular etti bor to‘qnash kelgan.

1992 yilgi ilk uchrashuvda qozog‘istonliklar kichik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa, keyingi oltita bellashuvda o‘zbekistonlik charm to‘p ustalarining uch marotaba qo‘li baland kelgan va yana shuncha bahsda kuchlar teng kelgan.

Husanovning ustozi katta va’da bervordi!

Husanov yolg‘iz emas: APLda debyuti bundan-da og‘ir o‘tgan yulduzlar bor!

Husanov Messi o‘tgan yo‘ldan bormoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!