
Bellingem yangi jamoa tanlagani keldi
“Real” yulduzi Jud Bellingemning ukasi Job professional faoliyatida akasining yo‘lini tanlamoqchi.
Angliya Chempionshipida “Sanderlend” jamoasi sharafini himoya qilgan Job Bellingem faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish uchun Germaniya Bundesligasidan jamoa tanlaydigan bo‘ldi.
Taniqli jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, 19 yoshli futbolchi Germaniyaga keldi. Job bu erda Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasi faoliyati bilan tanishadi va klub bilan hamkorlik masalasini muhokama qiladi.
Manbaga ko‘ra, kichik Bellingemga “Borussiya Dortmund” va “Leyatsig” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ta’kidlash joizki, Jud Bellingem ham Angliyadan Germaniya Bundesligasiga ko‘chib o‘tgan va “Borussiya Dortmund”da tajriba oshirganidan keyin “Real” safiga qo‘shilgan edi.
Job yakunlangan mavsumda “Sanderlend” tarkibida barcha turnirlarda 43 marta maydonga tushib, to‘rtta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar