Belgiyaning hech bir shahri Isroil terma jamoasiga qarshi bahsni qabul qilishni xohlamayapti. Sababi...

  • 13 iyul, 2024, 12:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Belgiyaning hech bir shahri 6 sentyabrga belgilangan Millatlar ligasi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Belgiya va Isroil terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni o‘tkazishni istamayapti. Bu haqda HLN xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Belgiya shaharlari “siyosiy sabablar”, shuningdek, xavfsizlik choralarini o‘ta qattiq ta’minlash zarurati tufayli ushbu uchrashuvni tashkil qilishni istamayapti. Hozirda UEFA bilan o‘yinni xorijda o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Belgiya va Isroil terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Vengriyadagi "Pancho Arena" stadionida bo‘lib o‘tishi mumkinligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya terma jamoasi Evro-2024 musobaqasida 1/8 finalgacha etib bordi. Ushbu bosqichda ular Frantsiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!