Belarusda bokschilarimiz chempion bo‘ldi!

  • 27 fevral, 2021, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Belarusning Gomel shahrida A.Yukov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir yakunlandi.

Tecno

Musobaqada o‘zbekistonlik yosh bokschilar ham ishtirok etdi. Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan bellashuvlarda o‘zbek boks maktabidan iste’dodli bokschilarning yangi avlodi etishib chiqayotgani namoyon bo‘ldi.

Turnirda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari 3 ta oltin, 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Turnirda o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etgan Muhammadqodir Ma’murjonov, Madiyor Daniyorov va Adhamjon Muhiddinov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Iqtidorli bokschi Mirzabek Mirzaxalilov bu gal uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

Bokschilar yurtimizda munosib kutib olindi.

photo_2021-02-27_09-03-57

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!