
Belarus-2023 O‘zbekiston delegatsiyasi uchun tarixda qoldi
4 avgust kuni Belarusda start olgan ikkinchi MDH o‘yinlari o‘z yakuniga etdi. O‘zbekiston delegatsiyasi unda 28 ta oltin, 25 ta kumush va 53 ta bronza, jami 106 ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Belarus mamlakatlaridan keyin uchinchi o‘rinni egalladi. Qayd etish o‘rinliki, bu bilan delegatsiyamiz umumiy va oltin medallar soni bo‘yicha MDH o‘yinlaridagi eng yaxshi natijasini yangiladi.
Ochiq formatda o‘tgan mazkur musobaqada MDH mamlakatlaridan tashqari 13 davlat vakillari o‘z omadini sinab ko‘rishdi. Umumiy hisobda, bu yilgi O‘yinlarda 20 sport turida 246 ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi. Bugun musobaqaning tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Tadbir davomida musobaqa bayrog‘i 2025 yil o‘tkaziladigan uchinchi MDH o‘yinlari mezboni Ozarbayjonga topshirildi. Yakuniy kun dasturida quyidagi hamyurtlarimiz shohsupadan joy olishdi:
Oltin:
Qobuljon Ahmedov (-64 kg, sambo)
Ixtiyor Eshmurodov (-98 kg, sambo)
Nazina Abdullaeva (-45 kg, muay-tay)
Anisjon Hakimov (-57 kg, muay-tay)
Kumush:
Muxlisaxon Qodirberganova (-65 kg, sambo)
Jasmina Immaeva (-53 kg, ayollar kurashi)
Sevinch Toshpo‘latova (-67 kg, muay-tay)
Zubayr Husanov (-54 kg, muay-tay)
Muxlisbek G‘anijonov (-67 kg, muay-tay)
Abdulfattoh Aliakbarov (-71 kg, muay-tay)
Alisulton Hojiev (-84 kg, karate)
Bonu Egamberdieva (-68 kg, karate)
Mohlaroyim Hakimjonova (+68 kg, karate)
Bronza:
Voleybol bo‘yicha yigitlar terma jamoamiz
Madina Salohiddinova (-80 kg, sambo)
Charos Ozodova (+80 kg, sambo)
Nigina Sobirova (-62 kg, ayollar kurashi)
Feruza Esenbaeva (-68 kg, ayollar kurashi)
Anastasiya Zaytseva (-51 kg, muay-tay)
Aziza Ma’murova (-60 kg, muay-tay)
Davlat Shamsiev (-60 kg, muay-tay)
Ilyos G‘ulomjonov (-63.5 kg, muay-tay)
Rahmatjon Xodjaev (-75 kg, muay-tay)
Samandar Abdiev (kata, karate)
Zulxumor Tursunalieva (-61 kg, karate)
Iroda Akbarova (-68 kg, karate)
Manba: MOQ
Fikrlar