Belal Muhammaddan Murodjon Ahmadalievgacha! May oyida o‘tkaziladigan janglar ro‘yxati bilan tanishing

  • 6 may, 17:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

May oyi qaynoq kunlar bilan birgalikda qaynoq janglarni ham bizga taqdim etmoqchi. Bunga misol qilib kelayotgan turnir va musobaqalarni keltirish mumkin. E’tiboringizga MMA va boks bo‘yicha mazkur oyda bo‘lib o‘tadigan eng katta bahslarni havola etamiz.

Tecno

11 may tongiga yaqin soat 03:30 da "UFC 315" turniri start oladi. Uning asosiy to‘qnashuvida Belal Muhammad va Jek Della Madalena o‘zaro kurash olib borsa, "co-main event" jangida esa qirg‘izistonlik Valentina Shevchenko frantsiyalik Manon Foroga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Aynan shu kuni poytaxtimizning "Humo arena" majmuasida, soat 17:00 da "Octagon 72" turniri boshlanadi. Unda bir qator hamyurtlarimiz turli raqiblarga qarshi super janglarni o‘tkazadi.

13 may kuni Avstraliya professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi. Uning asosiy to‘qnashuvida Jey Opetaya Klaudio Skueoga qarshi ringga chiqadi.

17 may kuni o‘tkaziladigan "UFC Fight Night" turniri biz uchun juda muhim. Chunki unda hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboev ham ishtirok etib, amerikalik Dastin Shtoltsfus bilan jang qiladi.

18 may sanasidagi "UFC Fight Night" turnirida Gilbert Byorns hamda Maykl Morales o‘zaro to‘qnash keladi. Bu bahs ham juda qiziqarli o‘tishi kutilmoqda.

23 mayda go‘zal Parij "PFL Europe 2" turniriga mezbonlik qiladi. Ajablanarlisi, unda "Manchester Yunayted" afsonasi va Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Patris Evra MMA dagi debyutini o‘tkazadi. Raqib shu hafta e’lon qilinishi mumkin.

Oyning oxirgi kunlari yonishi aniq. Chunki 30 may sanasida bo‘lib o‘tadigan katta boks oqshomida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev meksikalik Luis Kastiloga qarshi ringga ko‘tariladi. Aynan mana shu bahsdan so‘ng Ahmadaliev yaponiyalik Naoya Inoue bilan to‘qnashuvga tayyorlanadi.

Yuqoridagi ro‘yxat yanada kengayishi mumkin. Shu bois bizni kuzatishda davom eting!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!