Belal Muhammad: Xabib menga Leon Edvardsni qanday engishni o‘rgatdi

  • 23 iyul, 2024, 09:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC’ning yarim o‘rta vazn toifasida ishtirok etayotgan falastinlik taniqli jangchi Belal Muhammadning aytishicha, UFC shon-shuhrat zali a’zosi Xabib Nurmagomedov unga 77 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida amaldagi chempion angliyalik Leon Edvards bilan jang qilishda muhim maslahatlar bergan.

Tecno

“Xabib bilan birga bo‘lish menga ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan foyda keltiradi. U bilan mashg‘ulot o‘tkazish va undan maslahat olish boshqa birov bilan mashq qilishdan 20, 30, 40 yoki hatto 50 barobar qimmatroqdir. Uning kuchini, ishtiyoqini va bilimini his qilish bebahodir. Xabib men uchun Leonni tahlil qilib, jang rejasi bo‘yicha maslahatlar berdi. Uning bilimi cheksiz, men uchun u MMA tarixidagi eng buyuk jangchi. Xabib men uchun ukamdek, xohlagan vaqtda unga xat yozib maslahat so‘rashim mumkin. U har doim javob beradi. Demak, uning hayotimdagi borligi tom ma’noda bebahodir”, - deya Belalning so‘zlarini keltiradi Sports Illustrated portali.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!