
Belal Muhammad: "Monrealni kamarsiz tark etmayman"
Yarim o‘rta vaznda UFC chempioni Belal Muhammad (24-3-1 N/C) avstraliyalik Jek Della Maddalena (17-2) bilan to‘qnashuvda g‘alaba qozonishiga to‘liq ishonmoqda. Shu bois u rossiyalik Islom Maxachevni navbatdagi jangi uchun tezroq shartnoma imzolashga chaqirdi.
"Islom menga uning rejalarimni buzib yuborganimni aytdi. Biroq men Maxachev o‘zining keyingi jangi uchun tezroq kelishuv imzolashi tarafdoriman. Xavotir olmang, Monrealni kamarsiz tark etmayman. Chempionlikni saqlab qolaman. Shunday ekan, hozirdanoq navbatdagi jang uchun lagerni boshlang, Islom" - dedi yarim o‘rta vazn chempioni "Red Corner MMA" ga bergan intervyusida.
Avvalroq, Maxachev Belalga qarshi oktagonga chiqmasligini, faqat Muhammad kamaridan ayrilsagina, yarim o‘rta vazn chempionligi uchun jang qilishini ma’lum qilgandi.
Fikrlar