Bekxem Messining ajoyib harakatlarini e’tirof etdi

  • 28 avgust, 19:53
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" "Orlando Siti"ni 3:1 hisobida engib, Ligalar kubogi finaliga chiqdi. G‘alaba irodali bo‘ldi - raqib jamoadan bir o‘yinchi chetlatilgach, Mayami jamoasi o‘yinni butkul o‘zgartirib yubordi. Hujumchi Lionel Messi ikkita gol urib, uchrashuvning asosiy qahramoniga aylandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda "Inter Mayami" prezidenti Devid Bekxem o‘yin haqida bir nechta post yozdi. "Bizning sardorimiz. U yagona!" - deya ta’kidladi Bekxem Messi haqida.

Ligalar kubogi finalida "Inter Mayami" "Sietl Saunders" bilan bellashadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!