
Bekxem Messi va Ronalduni o‘z jamoasiga olib keladimi?
Devid Bekxem o‘ziga tegishli bo‘lgan “Inter Mayami” klubiga Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning o‘tishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirdi.
“Futbolchi birinchi navbatda jamoamizga to‘g‘ri kelishi kerak. U g‘alabaga chanqoq bo‘lishi lozim. Qaysi futbolchi bilan muloqotda bo‘lsak ham, uning motivatsiyasiga ishonch hosil qilamiz.
Albatta, biz jamoaga yaxshi futbolchilarni jalb qilmoqchimiz. Mayami - bu ajoyib joy va biz [Messi va Ronaldu singari] futbolchilarni jalb qilishga intilamiz”, - dedi Bekxem.
Eslatib o‘tamiz, “Inter Mayami” klubi o‘tgan mavsumdan boshlab MLSda ishtirok etib kelmoqda.
Fikrlar