Bektemir Meliqo‘zievning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 27 iyul, 2020, 21:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super o‘rta vaznda (76 kg) faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev (5-0, 4 KO) AQShga yo‘l olganligi va navbatdagi jangini o‘tkazishi borasida xabar bergan edik.

Tecno

Dastavval, Meliqo‘zievni 24 iyul kuni ringga ko‘tariladi, degan xabarlar paydo bo‘lgandi. Keyinchalik esa, ba’zi manbalar mahoratli bokschimiz ishtirokidagi to‘qnashuv 28 avgustda Xorxe Linares va Xavier Fortuna jangining anderkardida reja qilinayotganligi haqida ma’lum qilgandi. Mazkur xabar o‘z tasdig‘ini topib, yurtdoshimiz 28 avgust kuni navbatdagi jangida meksikalik Alan Kampaga (17-5, 11 KO) qarshi bahs yuritadigan bo‘ldi.

Bektemir ushbu jangda meksikalik raqibidan o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA Continental Americas kamarini himoya qiladi. Ushbu qarama-qarshilik 10 raund qilib belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!