
Bektemir Meliqo‘ziev WBA chempioni bilan sparring o‘tkazdi (Foto)
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (76,203 kg) o‘z faoliyatini olib borayotgan Bektemir Meliqo‘ziev hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi jangi uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Meliqo‘ziev ushbu mashg‘ulot jarayonida yarim og‘ir vazn toifasi (79,378 kg) vakili, WBA Super chempioni rossiyalik Dmitriy Bivol (17-0, 11 KO) bilan sparring jangda ringga ko‘tarildi. Bivol ham jiddiy jangga hozirlik ko‘rmoqda. U o‘z chempionlik kamarini 1 may kuni Britaniyada Kreyg Richardsdan himoya qiladi. Meliqo‘zievning jang sanasi esa hozircha noma’lum.
Hurshidbek Normatovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi |
Fikrlar