Bektemir Meliqo‘ziev ringga ko‘tarilishi kerak bo‘lgan jang kechasi qoldirildi

  • 21 avgust, 2020, 03:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

28 avgust kuni "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan jang kechasi sentyabr oyiga qoldiriladi. Buning sababi kechaning asosiy jangida ringga ko‘tarilishi kerak bo‘lgan, sobiq 3 vaznda jahon chempioni Xorxe Linaresdan "Covid-19 "virusi aniqlangani va unga raqiblik qilishi kerak bo‘lgan , Xavier Fortunaga qisqa muddatda boshqa raqib topilmaganidir. Fortuna uchun Xektor Tanajara raqib sifatida taklif qilingan , ammo tayyorgarlik uchun qisqa vaqt borligi sabab, unga qo‘shimcha vaqt berilgan. Xozircha Linaresning qaytishi yoki Tanajara bilan almashtirilishi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, ushbu kechada hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev o‘zining navbatdagi jangini Alan Kampaga qarshi o‘tkazishi kerak edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!