
Bektemir Meliqo‘ziev O‘zbekistonga qaytmoqda
Super o‘rta vazn toifasida WBO Intercontinental va WBA Continental Americas kamarlari sohibi Bektemir Meliqo‘ziev (6-0, 5KO) 14 noyabrdan, 15 noyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan tungi soat 02:00 da yurtimizga qaytib keladi.
Xabaringiz bor, Meliqo‘ziev 31 oktyabr kuni Alan Kampaga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini 3-raundda nokautga uchratgan va WBO Intercontinental kamarini qo‘lga kiritgan edi. Bungacha, WBA Continental Americas chempioni bo‘lib turgan hamyurtimizning kamarlari soni ikkitaga etdi.
Fikrlar