
Bektemir Meliqo‘ziev jang bo‘ladigan shaharga etib keldi. O‘rtaga tikilgan kamarlar ham ma’lum (foto)
Amerika Qo‘shma Shtatlari Texas shtatidagi "Don Haskins Center" arenasida Golden Boy kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. E’tiborlisi, mazkur kechada hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev Gabriel Rosadoga qarshi jang qiladi. Kecha Meliqo‘ziev va uning jamoasi boks kechasi tashkil etiladigan El’ Paso shahriga etib keldi. Mazkur to‘qnashuv 12 raund qilib belgilangan bo‘lib, WBA Continental Americas va WBO Intercontinental mintaqaviy kamarlari uchun bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar